Bugun
26
O'zbek

Van Deyk: «Yakkakurashlarda raqibga imkoniyatni boy berdik. Durangni to‘g‘ri qabul qilishimiz kerak»

Futbol
1 oktabr, 23:02
Virjil Gretsiyaga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Van Deyk: «Yakkakurashlarda raqibga imkoniyatni boy berdik. Durangni to‘g‘ri qabul qilishimiz kerak»
Фото: Getty Images
01.10.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Gretsiya Gretsiya 2 : 2 Niderlandiya Niderlandiya

Niderlandiya milliy jamoasi himoyachisi Virjil van Deyk Millatlar ligasi 3-turida Gretsiya bilan (2:2) bahsdan so‘ng fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Xavi boshqaruvidagi «apelsinlar» safida ilk golni aynan «Liverpul» sardori urdi.

«Shubhasiz, ikkala bo‘lim bir-biridan keskin farq qildi. Birinchi bo‘limda raqib bizdan ustun keldi. Bunday bo‘lishi mumkin emas. Biz raqibga, ayniqsa yakkakurashlarda yutqazdik. Bunday bo‘lmasligi kerak. Lekin natijadan xafa bo‘lmasligimiz va buni to‘g‘ri qabul qilishimiz kerak», — deya van Deykning so‘zlaridan keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Ma’lumot uchun, A2-guruhida Gretsiya 7 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. Niderlandiya esa 5 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Guruh bosqichining navbatdagi turida 4 oktabr kuni Gretsiya Germaniya bilan, Niderlandiya esa Serbiya bilan o‘ynaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Gretsiya Gretsiya
  • Niderlandiya Niderlandiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar