O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov Suriyaga qarshi o‘yin (4:1)dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Suriyaga qarshi bahsda g‘alaba qozonish uchun maydonga chiqdik. Albatta, raqibni o‘rganib, jiddiy tayyorlandik.
Bundan keyingi o‘yinlarda ham shunaqa tayyorlanib, har bitta raqibga yetarlicha qarshilik ko‘rsatamiz.
Oxirgi paytda jamoa yoshargan va yetarlicha motivatsiya bor. Aynan yoshlar o‘zini ko‘rsatishga harakat qilyapti. Nafaqat milliy jamoadagilar, balki milliy jamoadan tashqaridagi futbolchilar ham harakat qilyapti.
Okeanortida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida yetarlicha tajriba to‘plab keldik va Xudo xohlasa, bu tajribalarni ishlatib, yetarli natijalarni ko‘rdik. Endi Osiyo kubogiga yaxshi tayyorgarlik olib boryapmiz.
Janubiy Koreya — yetarlicha kuchli milliy jamoa va ulardan ham ko‘p narsalar o‘rgansa bo‘ladi», — dedi Karimov.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi