Live
5
O'zbek

Hamrobekov: «Milliy jamoada avlodlar almashinuvi bo‘lyapti»

Futbol
1 oktabr, 12:50
    12
O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchisi Suriyaga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Hamrobekov: «Milliy jamoada avlodlar almashinuvi bo‘lyapti»
Foto: UFA
01.10.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari O‘zbekiston O‘zbekiston 4 : 1 Suriya Suriya

O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchisi Odil Hamrobekov Suriyaga qarshi o‘yin (4:1)dan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«G‘alaba doim yoqimli bo‘lgan. Hozir milliy jamoada avlodlar almashinuvi bo‘lyapti desak ham bo‘ladi.

Yaxshi o‘yin bo‘ldi deb o‘ylayman. Hisob ham shunga yarasha bo‘ldi. Muxlislar ham mamnun bo‘lishdi degan umiddaman. Endi Janubiy Koreyaga qarshi bahsga ertadan tayyorgarlik ko‘ramiz.

— Aynan mana shu ikkita o‘yindagi hisob — 3:1 va 4:1. Raqib tomonda biroz bo‘shashish yuz berdimi yoki o‘zimiz vaziyatlardan unumli foydalandikmi? Nima deb o‘ylaysiz?

— Endi o‘zimizning o‘sha o‘zgarishlar ham, o‘zimiz tomonidan ham va raqibning ham o‘sha xatolaridan unumli foydalandik desak ham bo‘ladi. O‘sha siz aytgan ikkala vaziyat ham bor.

— Suriyaga qarshi oldin ham o‘ynagansiz. Umuman olganda, bugungi Suriya qandaydir o‘ziga o‘xshamadi deb o‘ylayman. Bu sizni ham qandaydir ajablantirdimi?

— Iordaniya bilan o‘yinlarni tahlil qilganimizda, ular biroz yaxshiroq ko‘rinishgandi. Iordaniya ham Osiyoda o‘z o‘rniga ega jamoa, ular bilan 1:1 hisobida durang o‘ynashgan. Lekin bugun hisob yirik bo‘ldi.

— Keyingi o‘yin Janubiy Koreya bilan, yana bir jiddiy raqib. Sizning bu bellashuv oldidan fikrlaringiz qanday?

— Menimcha, bu FIFA kunlaridagi eng jiddiy, eng kuchli va eng yaxshi o‘yinimiz Janubiy Koreyaga qarshi bo‘ladi deb o‘ylayman», — dedi Hamrobekov.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Suriya Suriya
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

12 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar