Live
5
O'zbek

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston Toshkentda Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi, Norchayevdan dubl

Futbol
1 oktabr, 11:55
    119
Kannavaro shogirdlari Erondan so‘ng suriyaliklarni ham taslim qildi.
O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston Toshkentda Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi, Norchayevdan dubl
Foto: UFA
01.10.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari O‘zbekiston O‘zbekiston 4 : 1 Suriya Suriya

O‘rtoqlik uchrashuvi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida Suriya milliy jamoasi bilan kuch sinashdi.

Unda Fabio Kannavaro shogirdlari yirik 4:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bellashuvda Sherzod Esanov, Akmal Mozgovoy va Husayn Norchayev (dubl) o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Mehmonlarning yagona goli esa Muhammad Hakimov (avtogol) hisobiga qayd etildi.

Avvalroq O‘zbekiston milliy jamoasi Eronni ishonchli hisobda mag‘lub etgani ma’lum qilingandi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston — Suriya 4:1
Gollar:
Esanov 28, Mozgovoy 44, Norchayev 48, 90 (dubl) — Hakimov 90+3 (avt).

O‘zbekiston — Ne’matov, Husanov, Karimov, O‘rozov, Mozgovoy, Hamrobekov, Amonov, Norchayev, Fayzullayev, Esanov, Maxamajonov.
Zaxira — Nazarov, Nemanov, Alijonov, Rahmonaliyev, Jaloliddinov, G‘aniyev, Holmurodov, Nasrullayev, Shomurodov, Hamdamov, Uktamov, Jiyanov, Holmatov, Abdug‘aniyev, Hakimov.

Bosh murabbiy: Fabio Kannavaro.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Suriya Suriya
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

119 izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar