Bugun
27
O'zbek

O‘zbekiston milliy jamoasi o‘rtoqlik bahsida Erondan ustun keldi

Futbol
24 sentabr, 11:55
    137
Farg‘onadagi bahsda Eldor Shomurodov dublni rasmiylashtirdi.
O‘zbekiston milliy jamoasi o‘rtoqlik bahsida Erondan ustun keldi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy jamoasi Farg‘onada Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bu milliy jamoaning jahon chempionatidan keyingi ilk bahsiga aylandi. Unda Fabio Kannavaro jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda dastlab 10-daqiqada Eldor Shomurodov hisobni ochdi. 49-daqiqada Rizoyan muvozanatni tikladi. 58-daqiqada Shomurodov penaltini aniq amalga oshirib, bellashuvda dublni rasmiylashtirdi. Husayn Norchayev yakuniy nuqtani qo‘ydi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

O‘zbekiston – Eron 3:1

Gollar: Eldor Shomurodov 10, 58 penalti, Norchayev 90+4 – Ramin Rizoyan 49

O‘zbekiston: 12.Vladimir Nazarov, 2.Abduqodir Husanov, 4.Behruz Karimov (Hojiakbar Alijonov, 82), 5.Jahongir O‘rozov, 6.Akmal Mozgovoy, 9.Odil Hamrobekov (Sherzod Esonov, 82), 10.Aziz G‘aniyev (Diyor Xolmatov, 59), 13.Sherzod Nasrullayev (Mahmud Muhammadjonov, 82), 14.Eldor Shomurodov (Husayn Norchayev, 89), 17.Doston Hamdamov (Ruslan Jiyanov, 59), 22.Abbos Fayzullayev.

Eron: 1. Alirezo Beyronvand, 2. Solih Hardani ( 23. Ramin Rizoyan, 46), 3. Ehsan Hajisafi ( 16. Mohammad Gorbani,64), 6. Said Ezatollahi, 9. Mehdi Taremi, 17. Aria Yusufiy, 18. Saman Fallah, 19. Ali Nemati, 21. Omid Noora fkan, 24. Dennis Dargahi (20. Sardar Azmun,46), 29. Mohammadmahdi Mohebi (25. Amirhussain Mahmudi, 64)

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Eron Eron
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

137 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar