«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi safini o‘zboshimchalik bilan tark etgani uchun jiddiy jazoga tortilishi mumkin.
41 yoshli futbolchi kecha, 30 sentabr kuni bosh murabbiy Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan mojaro sababli milliy jamoa yig‘inini tark etgan.
Portugaliya Futbol federatsiyasi (FPF) nizomiga ko‘ra, Krishtianu bir oydan olti oygacha diskvalifikatsiya qilinishi, shuningdek, jarimaga tortilishi mumkin.
FPF nizomida shunday deyiladi:
«Milliy jamoaga chaqirilganidan so‘ng yig‘inni o‘zboshimchalik bilan tark etgan yoki uzrli sababsiz mashg‘ulot, o‘yin yoki boshqa tadbirga kelmagan futbolchi bir oydan olti oygacha diskvalifikatsiya bilan jazolanadi.
Bundan tashqari, unga 500–1000 yevro jarima solinadi».
Ronaldu Portugaliya safidan 6 oygacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin
Futbol
1 oktabr, 04:05
40
Milliy jamoa nizomida o‘zboshimchalik bilan yig‘inni tark etganlarga nisbatan jazo va jarima bandlari bor.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi