Bugun
20
O'zbek

«Manchester Siti» rahbarini diplomatik immunitet himoya qilmoqda

Futbol
1 oktabr, 05:00
    2
Xaldun Al Muborakning diplomatik maqomi Buyuk Britaniyada javobgarlikka tortilish imkoniyatlarini cheklaydi.
«Manchester Siti» rahbarini diplomatik immunitet himoya qilmoqda
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» direktorlar kengashi raisi Xaldun Al Muborak 2020-yilda Buyuk Britaniyada diplomatik immunitetga ega bo‘lgan. Financial Times xabariga ko‘ra, ushbu maqom klubning moliyaviy ko‘rsatkichlarini sun’iy ravishda oshirganlik haqidagi shubhalar bilan bog‘liq ishlar doirasida Al Muborakni mamlakat hududida sud ta’qibidan sezilarli darajada himoya qiladi.

Manba qayd etishicha, diplomatik immunitet Al Muborakni Buyuk Britaniyada jinoiy ta’qibdan, shuningdek, aksariyat fuqarolik-huquqiy da’volardan himoya qiladi. Shu sababli unga nisbatan huquqiy choralar ko‘rish imkoniyatlari cheklangan.

Yaqinda Angliya Premyer-ligasi «Manchester Siti»ni moliyaviy qoidalarni buzganlik hamda tergov bilan hamkorlik qilmaganlikda aybdor deb topgan. Klub esa ayblovlarga rozi emasligini bildirgan va tegishli instansiyalarda o‘z pozitsiyasini himoya qilishini ma’lum qilgan.

Ushbu qaror ortidan «Manchester Siti»ga qanday jazo qo‘llanishi hozircha rasman e’lon qilinmagan. OAV xabarlariga ko‘ra, klub avval qo‘lga kiritgan chempionlik unvonlaridan mahrum qilinishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» 2008-yildan buyon BAAning Abu Dhabi United Group kompaniyasi tasarrufida. Shu davrda klub Premyer-ligada 8 marta, Angliya kubogida 4 marta va Liga kubogida 7 marta g‘olib chiqqan. Shuningdek, «Manchester Siti» 2022/23-yilgi mavsumda Chempionlar ligasida ham zafar quchgan.

Ma’lumot uchun, Financial Times xabarida Al Muborakning diplomatik immuniteti 2020-yilda berilgani qayd etilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar