Bugun
20
O'zbek

Sindarov yoki Gukesh? Karlsen, Nakamura va boshqalar shaxmat toji uchun favoritni aytishdi

Boshqalar
30 sentabr, 23:18
    8
Jahon chempionligi uchun bo‘ladigan match oldidan 18 kishining fikri to‘plandi.
Sindarov yoki Gukesh? Karlsen, Nakamura va boshqalar shaxmat toji uchun favoritni aytishdi
Foto: Getty Images

Gukesh Dommaraju va Javohir Sindarov o‘rtasidagi 2026-yilgi Jahon chempionati matchi oldidan grossmeysterlar, shaxmat vakillari va kontent yaratuvchilarning 18 ta fikri jamlandi, deb xabar beradi UzChess.

Ularning tasnifiga ko‘ra:

⚫️ 10 kishi — Javohir Sindorovni favorit deb biladi

⚫️ 6 kishi — imkoniyatlarni deyarli teng deb baholaydi

⚫️ 2 kishi esa Gukeshni ustun ko‘radi


Magnus Karlsen Sindarov g‘alaba qozonishini kutayotganini aytib, uning o‘yinini har tomonlama mukammalroq deb baholagan.

Yan Nepomnyashchiy imkoniyatlarni 65:35, Vladislav Artemyev esa 60:40 nisbatida O‘zbekiston vakili foydasiga baholagan.
,
Hikaru Nakamura esa Gukeshni tanlagan. Uning fikricha, hindistonlik amaldagi jahon chempioni bosimni yenga olsa, ko‘pchilik kutmagan natijani ko‘rsatishi mumkin.

Gukesh va Sindarov o‘rtasidagi Jahon toji uchun match 22-noyabrdan 12-dekabrgacha Jenevada bo‘lib o‘tadi. Birinchi klassik partiya 24-noyabrga belgilangan.

Shaxmat bo`yicha jahon chempionligi matchi oldidan prognozlar
Foto: UzChess
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

8 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar