Bolgariyada «Botev» klubi egasi o‘ldirildi.
Transport va qurilish biznesi bilan ham shug‘ullangan tadbirkor Iliyan Filipov Plovdiv shahridagi otishmada o‘ldirilgan. Bu haqda Nova nashri Bolgariya Ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar berdi.
Jinoyat chorshanbaga o‘tar kechasi Filipov yashagan turar joy majmuasi hududida sodir etilgan.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Filipov boshiga o‘q tegishi oqibatida halok bo‘lgan. Hozircha qo‘lga olingan yoki qidirilayotgan gumondorlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Shuningdek, voqeaga guvohlar bo‘lgan-bo‘lmagani ham noma’lum.
Politsiya patrullari shahardan chiqish yo‘llarini to‘sib, shubhali transport vositalarini tekshirmoqda. Boshqa hududlarda ham huquq-tartibot idoralari xodimlarining tekshiruvi kuchaytirilgan.
Prokuror Vanya Hristeva qasddan odam o‘ldirish fakti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, voqeaning barcha ehtimoliy versiyalari faol ravishda tekshirilmoqda.
Bolgariya klubi egasi otishmada o‘ldirildi
Futbol
30 sentabr, 16:48
Hozircha qo‘lga olingan yoki qidirilayotgan gumondorlar haqida ma’lumot yo‘q.
Foto: Getty Images