Bugun
20
O'zbek

Smolling — «Portu» futbolchisi

Futbol
30 sentabr, 22:55
    4
«MYU» sobiq himoyachisi Portugaliya chempioni bilan shartnoma imzoladi.
Smolling — «Portu» futbolchisi
Foto: Porto CF

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Kris Smolling «Portu» bilan shartnoma imzoladi.

36 yoshli futbolchi bilan tuzilgan shartnoma mavsum oxiriga qadar amal qiladi va uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi.

Angliyalik himoyachi Portugaliya chempioni safiga erkin agent sifatida qo‘shildi.

Smolling so‘nggi ikki mavsumni Saudiya Arabistonining «Al Fayha» klubida o‘tkazgan. U o‘tgan mavsumda 34 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgandi.

Kris faoliyati davomida «Roma» va «Fulhem» klublarida ham to‘p tepgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • FC Porto FC Porto
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar