Krishtianu Ronaldu Portugaliya yig‘inini tark etishidan oldin jamoadoshlari bilan xayrlashmadi.
30 sentyabr kuni 41 yoshli sardori bosh murabbiy Jorje Jezush ishtirokidagi matbuot anjumanidan soʻng jamoa qaropgohidan ketishini maʼlum qildi. 41 yoshli hujumchi Norvegiyaga qarshi bahsda maydonga tushirilmadi va bu qarordan norozi boʻldi.
O Jogo ma’lumotiga ko‘ra, Ronaldu Kopengagendagi milliy jamoa mehmonxonasini jamoa mashg‘ulotdan qaytib kelishidan oldin tark etgan. Shu sababli u boshqa futbolchilar bilan xayrlashmagan.
Nashrning xabar berishicha, Krishtianu endi Portugaliya milliy jamoasiga umuman qaytmaydi.
Ronaldu Portugaliya safini tark etishidan oldin jamoadoshlari bilan xayrlashmadi
Futbol
1 oktabr, 00:30
Hujumchi jamoa mashg‘ulotdan qaytguniga qadar mehmonxonani tark etgan.
Foto: Getty Images