Bugun
20
O'zbek

Klopp Germaniya safida haqiqiy nemislarning kamligi haqida yozayotganlarga munosabat bildirdi

Futbol
30 sentabr, 16:12
Nemislar ustozi jamoada ichki muhit a’lo darajada ekanligini aytdi.
Klopp Germaniya safida haqiqiy nemislarning kamligi haqida yozayotganlarga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images

Yurgen Klopp ijtimoiy tarmoqlarda ayrim muxlislarning Germaniya milliy jamoasini «yetarlicha oq emas» va «yetarlicha nemis emas», deb yozayotganiga munosabat bildirdi.

«Men buni ko‘rmadim. Fikrimcha, bunday odamlarga mutlaqo e’tibor qaratishning hojati yo‘q. Na haqiqiy hayotda, na ijtimoiy tarmoqlarda bema’ni gaplarga vaqtim bor.

Hayotimizdagi katta muammolardan biri — ijtimoiy tarmoqlarda har kim o‘z fikrini bildirishi mumkinligi. Odamlar safsatalarni gapirishyapti, bu — aqlbovar qilmas holat. Jamoamiz bundan-da ahilroq bo‘lishi mumkin emas. Dunyo jamoamizning kiyinish xonasidagi muhitidan o‘rganishi kerak»,
— deya nemislar ustozining so‘zlarini keltiradi Bayern Germany.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
Bugungi yangiliklar