Bugun
20
O'zbek

Pep «Siti» muxlislariga: «Sizlar bilanman — har qachongidan ham ko‘proq»

Futbol
30 sentabr, 17:21
    7
Ispaniyalik mutaxassis sobiq jamoasining moliyaviy qoidalarni buzishda ayblanayotganiga munosabat bildirdi.
Pep «Siti» muxlislariga: «Sizlar bilanman — har qachongidan ham ko‘proq»
Foto: Getty Images

«Manchester Siti»ning sobiq bosh murabbiyi Pep Gvardiola klubga oid ish bo‘yicha chiqarilgan qarorga munosabat bildirdi.

O‘tgan hafta «shaharliklar» APLning moliyaviy qoidalarini buzish bilan bog‘liq deyarli barcha ayblovlar bo‘yicha (faqat bittasidan tashqari) aybdor deb topilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

2023-yil fevral oyida APL «Siti»ni 2009-yildan 2018-yilgacha bo‘lgan davrda moliyaviy qoidalarni 115 marta buzganlikda’ ayblagan. Keyinchalik The Times nashri gap 115 ta emas, balki 130 ta qoidabuzarlik haqida ketayotganini xabar qildi: Premer-liga ayblovlarni e’lon qilganida, ayrim qoidalar bo‘yicha tushunmovchilik yuzaga kelgan.

29-sentabr kuni APL ham barcha bandlar bo‘yicha klubning aybdor deb topilganini ma’lum qildi.

Gvardiola shunday deb yozdi:

«Dunyo bo‘ylab «Manchester Siti»ning har bir muxlisi shuni bilishini istayman: men sizlar bilanman. Har qachongidan ham ko‘proq.

Doimo klubim, uning egasi, direktorlar kengashi raisi, Ferran Soriano, futbolchilar, xodimlar, Enso Mareska va sizlar — betakror muxlislarimiz tomonida bo‘lganman. Hozir ham shundayman va doimo shunday bo‘laman.

Aniq aytmoqchiman: biz bu jarayondan birgalikda o‘tamiz.

Barchangizni yaxshi ko‘raman»
.

2016-yildan 2026-yilgacha klubni boshqargan ispaniyalik murabbiy «shaharliklar» bilan 20 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar