«Manchester Siti» bosh direktori Ferran Soriano klub o‘zining aybsizligini himoya qilishda davom etishini ma’lum qildi.
O‘tgan hafta «shaharliklar» APLning moliyaviy qoidalarini buzish bilan bog‘liq deyarli barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topildi — faqat bitta band bundan mustasno. 2023 yil fevral oyida APL «Siti»ni 2009 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda moliyaviy qoidalarni 115 marta buzganlikda ayblagandi. Keyinchalik The Times nashri gap 115 ta emas, balki 130 ta qoidabuzarlik haqida ketayotganini xabar qildi: Premer-liga ayblovlarni e’lon qilganida, ayrim qoidalar bo‘yicha tushunmovchilik yuzaga kelgan.
59 yoshli ispaniyalik menejer Kopengagenda bo‘lib o‘tgan Yevropa klublari assotsiatsiyasi yig‘ilishida nutq so‘zladi. Uning ta’kidlashicha, «Siti» mustaqil komissiya qarorini qat’iyan qabul qilmaydi va apellyatsiya berish hamda zarur bo‘lsa, sudga murojaat qilish orqali qarorni bekor qilish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqchi.
Soriano Yevropaning boshqa klublari rahbarlariga «shaharliklar»ning Premer-liga tomonidan qo‘yilgan ayblovlarga qarshi kurashishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, 8 yildan buyon davom etayotgan ushbu ishni yakuniy hal qilish uchun hali «ancha vaqt» kerak bo‘ladi.
Manba Soriononing quyidagi so‘zlarini keltirgan: «Bu ishga 8 yil ketdi va hali yana ko‘p vaqt talab etiladi».
«Siti» bosh direktori: «Ish ochilganiga 8 yil bo‘ldi. Hal qilish uchun yana ancha vaqt kerak»
Futbol
28 sentabr, 15:58
«Shaharliklar» vakili klub moliyaviy ayblovlarga qarshi kurashishini ma’lum qildi.
Foto: Getty Images