Live
1
O'zbek

Tuxel: «Siti» bilan bog‘liq vaziyat futbolchilarga ta’sir qilishi mumkin»

Futbol
27 sentabr, 08:45
Milliy jamoa ustozi «shaharliklar» bilan yuzaga kelgan vaziyat haqida gapirdi.
Tuxel: «Siti» bilan bog‘liq vaziyat futbolchilarga ta’sir qilishi mumkin»
Foto: Gettyimages

Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel «Manchester Siti»ning moliyaviy qoidalarni buzganlikka oid ayblovlari yuzasidan fikr bildirdi.

«Bu meni chalg‘itmaydi, o‘ylaymanki, holat «Siti» futbolchilariga ta’sir qilishi mumkin. Men bunga izoh bermayman, menimcha, hozir bu borada tergov olib borilmoqda. Men o‘yinchilar bilan suhbatlarda bu mavzuni ko‘tarmadim», — deya Tomas Tuxelning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline sahifasi.

Ma’lumot uchun, avvalroq «shaharliklar» APL moliyaviy qoidalarini buzganlik bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlarning deyarli barcha bandlarida aybdor deb topilgani ma’lum bo‘lgan edi — faqat bitta qoidabuzarlik bundan mustasno.

Ayni paytda «Manchester Siti» APL yangi mavsumida 5 o‘yinda 15 ochko to‘plagan holda APLda peshqadamlik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar