Live
1
O'zbek

Gakpo Niderlandiya milliy jamoasi safida jarohat oldi

Futbol
27 sentabr, 14:20
Hozircha Gakpo olgan jarohatning qay darajada jiddiy ekani noma’lum.
Gakpo Niderlandiya milliy jamoasi safida jarohat oldi
Foto: Getty Images
27.09.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Serbiya Serbiya 1 : 2 Niderlandiya Niderlandiya

«Liverpul» vingери Kodi Gakpo Niderlandiya milliy jamoasining Serbiyaga qarshi Millatlar Ligasi doirasidagi uchrashuv (2:1)ida jarohat oldi.

27 yoshli futbolchi Millatlar Ligasi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan bahsni davom ettira olmadi va 17-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, serbiyalik yarim himoyachi Sasha Lukich qoidabuzarligidan so‘ng Gakpo to‘pig‘i sohasida noqulaylik his qilgan. Shundan keyin murabbiylar shtabi uni almashtirishga qaror qildi, «Liverpul» futbolchisi o‘rniga Ruben van Bommel maydonga tushirildi.

Hozircha Gakpo olgan jarohatning qay darajada jiddiy ekani va uning tiklanishi uchun qancha vaqt talab qilinishi ma’lum emas.

Ma’lumot o‘rnida, bu mavsum niderlandiyalik futbolchi «Liverpul» safida umumiy 6 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 6 ta assist amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Serbiya Serbiya
  • Niderlandiya Niderlandiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar