Bugun
30
O'zbek

«Bryugge» Tresoldi uchun narx belgiladi

Futbol
12 noyabr, 14:30
Tresoldining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan.
«Bryugge» Tresoldi uchun narx belgiladi
Фото: Getty Images

«Bryugge» hujumchi Nikolo Tresoldini kamida 60 million yevro evaziga sotishga tayyor. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchiga «Milan» klubi qiziqish bildirmoqda, biroq Belgiya jamoasi qishki transfer oynasida munosib taklif bo‘lmasa, hujumchini qo‘yib yubormoqchi emas.

Tresoldining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan. Bu mavsumda u barcha turnirlar doirasida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol muallifi bo‘ldi. 2025/26-yilgi mavsumda Tresoldi «Bryugge»ga Belgiya chempionligi va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritishda yordam berdi. Shuningdek, u milliy chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Club Brugge Club Brugge
Bugungi yangiliklar