Bugun
30
O'zbek

Skaloni: «Juda baxtliman»

Futbol
12 noyabr, 15:43
Skaloni 2018 yildan buyon Argentina milliy jamoasini boshqarib kelmoqda.
Skaloni: «Juda baxtliman»
Фото: Getty Images

Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni mehnat shartnomasini uzaytirganidan keyin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Eslatib o‘tamiz, 48 yoshli mutaxassis «Albiseleste» bilan yangi kelishuvini 2030 yilga qadar uzaytirdi.

«Bu kelishuv amalga oshishi uchun harakat qilgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Men juda baxtliman. Hozir oson davrni boshdan kechirmayotgan bo‘lsak-da, ushbu voqea menga katta quvonch bag‘ishlamoqda. Menda hamon avvalgidek kuch-g‘ayrat bor. Aks holda, bu yerda faoliyatimni davom ettirishim qiyin bo‘lardi», — dedi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Skaloni 2018 yildan buyon Argentina milliy jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa 2022 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqdi, shuningdek, ikki marta Amerika kubogini qo‘lga kiritdi. 2026 yilgi mundialda esa finalgacha yetib kelib, hal qiluvchi bahsda Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
Bugungi yangiliklar