Bugun
30
O'zbek

O‘zbekiston MTJ Toshkentda Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida kambek qurboni bo‘ldi

Futbol
12 noyabr, 12:00
    400
Rossiyaliklar safida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchilar bahs taqdirini hal qildi.
O‘zbekiston MTJ Toshkentda Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida kambek qurboni bo‘ldi
Фото: ЎФА
12.11.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari O‘zbekiston O‘zbekiston 2 : 3 Rossiya Rossiya

O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushdi. Unda mehmonlar kambek evaziga 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab 5-daqiqada Melyoxin o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 46-daqiqada Behruz Karimov vakillarimizning 2-golini urdi. 70-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Komlichenko farqni qisqartirdi. 75-daqiqada aynan u muvozanatni tikladi. 79-daqiqada esa zaxiradan safga qo‘shilgan Miranchuk yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, Fabio Kannavaro jamoasi keyingi o‘rtoqlik bellashuvini 17-noyabr kuni Saudiya Arabistoniga qarshi safarda o‘tkazadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston – Rossiya 2:3
Gollar
: Melyoxin 5 avtogol, Behruz Karimov 46 – Nikolay Komlichenko 70, 75, Aleksey Miranchuk 79.
O‘zbekiston: 1. Vladimir Nazarov, 4. Behruz Karimov, 6. Akmal Mozgovoy, 10. Azizjon G‘aniyev (24. Diyor Xolmatov, 62), 14. Eldor Shomurodov (21. Husayn Norchayev, 80), 17. Dostонbek Hamdamov (19. Ruslanbek Jiyanov, 62), 22. Abbosbek Fayzullayev (20. Aziz Amonov, 80), 23. Sherzod Esanov, 25. Mahmud Mahamadjonov (2. Dilshodbek Murtazayev, 80), 26. Jahongir O‘rozov, 27. Muhammadrasul Abdumajidov.
Rossiya: 39. Matvey Safonov, 4. Danil Krugovoy, 8. Lechi Sadulayev (59. Aleksey Miranchuk, 66), 10. Konstantin Tyukavin (7. Nikolay Komlichenko, 66), 14. Viktor Melyoxin, 21. Yaroslav Gladishev (11. Kirill Glebov, 66), 24. Aleksandr Silyanov (5. Kirill Danilov, 46), 27. Ivan Oblyakov (9. Aleksey Mironov, 66), 30. Ilya Vakhaniya (23. Andrey Langovich, 76), 31. Matvey Kislyak (15. Danil Glebov, 76), 83. Aleksey Batrakov

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Rossiya Rossiya
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

400 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar