O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushdi. Unda mehmonlar kambek evaziga 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab 5-daqiqada Melyoxin o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. 46-daqiqada Behruz Karimov vakillarimizning 2-golini urdi. 70-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Komlichenko farqni qisqartirdi. 75-daqiqada aynan u muvozanatni tikladi. 79-daqiqada esa zaxiradan safga qo‘shilgan Miranchuk yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Yodga solib o‘tamiz, jamoalar so‘nggi bor 2022-yil noyabr oyida o‘zaro to‘qnash kelgan va o‘shanda 0:0 hisobi qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, Fabio Kannavaro jamoasi keyingi o‘rtoqlik bellashuvini 17-noyabr kuni Saudiya Arabistoniga qarshi safarda o‘tkazadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston – Rossiya 2:3
Gollar: Melyoxin 5 avtogol, Behruz Karimov 46 – Nikolay Komlichenko 70, 75, Aleksey Miranchuk 79.
O‘zbekiston: 1. Vladimir Nazarov, 4. Behruz Karimov, 6. Akmal Mozgovoy, 10. Azizjon G‘aniyev (24. Diyor Xolmatov, 62), 14. Eldor Shomurodov (21. Husayn Norchayev, 80), 17. Dostonbek Hamdamov (19. Ruslanbek Jiyanov, 62), 22. Abbosbek Fayzullayev (20. Aziz Amonov, 80), 23. Sherzod Esanov, 25. Mahmud Mahamajonov (2. Dilshodbek Murtazayev, 80), 26. Jahongir O‘rozov, 27. Muhammadrasul Abdumajidov.
Rossiya: 39. Matvey Safonov, 4. Danil Krugovoy, 8. Lechi Sadulayev (59. Aleksey Miranchuk, 66), 10. Konstantin Tyukavin (7. Nikolay Komlichenko, 66), 14. Viktor Melyoxin, 21. Yaroslav Gladyshev (11. Kirill Glebov, 66), 24. Aleksandr Silyanov (5. Kirill Danilov, 46), 27. Ivan Oblyakov (9. Aleksey Mironov, 66), 30. Ilya Vaxaniya (23. Andrey Langovich, 76), 31. Matvey Kislyak (15. Danil Glebov, 76), 83. Aleksey Batrakov