Rossiya milliy jamoasi hujumchisi Nikolay Komlichenko O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan (3:2) so‘ng taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi bellashuvda Nikolay zaxiradan maydonga tushib, dubl qayd etdi.
«Menda ko‘proq ijobiy his-tuyg‘ular. Chunki zaxiradan maydonga tushib, jamoaga maksimal darajada yordam berish va kutilgan natijaga erishish nasib qildi. Endi yaxshi kayfiyatda navbatdagi o‘yin uchun Krasnodarga yo‘l olamiz. G‘alaba qozonganingda, keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish ham osonroq bo‘ladi. Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Ammo, o‘ylashimcha, bu o‘yinni ancha jiddiy tahlil qilamiz», — deya Komlichenkoning so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Aleksandr Yershov.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya keyingi uchrashuvini 17-noyabr kuni Venesuelaga qarshi o‘tkazadi.