Bugun
30
O'zbek

Behruz Karimov milliy jamoadagi debyut golini urdi

Futbol
12 noyabr, 11:40
Uning hisobida milliy jamoada 8 ta o‘yin bor.
Behruz Karimov milliy jamoadagi debyut golini urdi
Фото: ЎФА
12.11.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari O‘zbekiston O‘zbekiston 2 : 3 Rossiya Rossiya

O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etmoqda. Bahsning ikkinchi bo‘limi davom etmoqda. Unda Fabio Kannavaro jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozonmoqda.

E’tiborlisi shundaki, ikkinchi bo‘lim boshida Behruz Karimov jarima maydonchasi ichida kuchli zarbasi bilan Matvey Safonovni ojiz qoldirdi.

Natijada 19 yoshli futbolchi milliy jamoa safidagi ilk golini urdi. Buning uchun unga 8 ta o‘yin kerak bo‘ldi.

Es latib o‘tamiz, Karimov hozirda faoliyatini Shveytsariyaning «Lugano» jamoasida o‘ynamoqda.

O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston – Rossiya 2:1
Gollar:
Melyoxin 5 avtogol, Behruz Karimov 46 - Komlichenko 70.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Rossiya Rossiya
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Bugungi yangiliklar