Argentina milliy jamoasining 10-raqamli libosi noyabr oyidagi yig‘inda hech bir futbolchiga berilmaydi.
TyC Sports nashrining xabar berishicha, milliy jamoadagi so‘nggi bor Lionel Messi kiygan raqam hozircha hech kimga topshirilmaydi.
Jahon vitse-chempioni bo‘lgan Argentina milliy jamoasi bu oyda Urugvay va Kosta-Rikaga qarshi maydonga tushadi. Biroq ushbu bellashuvlar o‘rtoqlik maqomida bo‘lgani sababli, futbolchilarning 1-raqamdan 11-raqamgacha bo‘lgan liboslarda o‘ynashlari majburiy emas.
Keyinchalik 10-raqamli futbolka «Como» klubi yarim himoyachisi Niko Pasga berilishi kutilmoqda.
Argentinaning noyabr oyidagi o‘yinlarida 10-raqam hech kimga berilmaydi
Futbol
5 noyabr, 23:35
12
Messining raqamini keyinroq kim olishi ham ma’lum.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi