Fransiya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan «PSJ» va «Trua» o‘rtasidagi uchrashuvning boshlanish vaqti o‘zgartirildi.
Fransiya professional futbol ligasi ma’lum qilishicha, bahs avval rejalashtirilgan mahalliy vaqt bilan 20:45 o‘rniga 21:05 da boshlanadi.
Bu esa O‘zbekiston vaqti bilan uchrashuv 8 noyabrga o‘tar kechasi soat 01:05 da start oladi. Avval o‘yinning boshlanishi 00:45 ga belgilangan edi.
«PSJ» va «Trua» o‘rtasidagi bahs 7 noyabr kuni Parijdagi «Park de Prens» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Luis Enrike jamoasi turnir jadvalida 20 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Trua» esa 8 ochko to‘plab, 16-o‘rinda.