“PSJ” Chempionlar ligasida oʻz rekordini oʻrnatdi.
Luis Enrike shogirdlari 4-turda “Vilyarreal”ni 6:0 hisobida yirik magʻlubiyatga uchratdi va musobaqadagi magʻlubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.
Parijliklar Chempionlar ligasida soʻnggi bor 20 yanvar kuni “Sporting”ga (1:2) qarshi bahsda magʻlub boʻlgan. Shundan buyon jamoa 14 ta oʻyin oʻtkazdi va birortasida ham magʻlubiyatga uchramadi. Bu “PSJ” tarixidagi rekord hisoblanadi.
Amaldagi chempion eng nufuzli yevrokubokning 5-turida 25 noyabr kuni “Roma”ga qarshi maydonga tushadi.
“PSJ” YCHLda magʻlubiyatsiz seriya boʻyicha oʻz rekordini oʻrnatdi
Futbol
4 noyabr, 05:05
Parij klubi soʻnggi bor “Sporting”ga yutqazgandi.
Foto: PSG
03.11.2026
FT
Chempionlar ligasi
Villarreal
0
:
6
Paris Saint-Germain