Live
1
O'zbek

Fargʻona viloyati hokimi “Neftchi” futbolchilari va murabbiylar shtabi bilan uchrashuv oʻtkazdi

Futbol
4 noyabr, 06:45
Muloqotda bor eʼtibor va kuchni mashgʻulotlarga hamda maydonda natija koʻrsatishga qaratish zarurligi qayd etildi.
Fargʻona viloyati hokimi “Neftchi” futbolchilari va murabbiylar shtabi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Foto: Neftchi PFC

Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov “Neftchi” jamoasi futbolchilari va murabbiylar shtabi bilan uchrashuv oʻtkazdi, deb xabar beradi hokimlik matbuot xizmati.

“Samimiy va ochiq muloqotda jamoa oldida turgan vazifalar, mavsumning hal qiluvchi uchrashuvlariga tayyorgarlik, hamjihatlik va masʼuliyat masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda «Neftchi” oʻzining shonli nomi va boy tarixi bilan birga, bugun xalqaro maydonlarda oʻzbek futboli shaʼni va obroʻsini ham himoya qilayotgani taʼkidlandi. Bu esa har bir futbolchi va murabbiydan yuksak professionallik, fidoyilik hamda umumiy maqsad yoʻlida birlashishni talab etadi.

“Neftchi” — millionlab muxlislarning mehri, ishonchi va umidini mujassam etgan jamoa. Maydonga tushgan har bir futbolchi klubimiz tarixi, Fargʻona faxri va yurtimiz sharafi uchun kurashayotganini chuqur his qilishi kerak. Bugun barchamizni birlashtiradigan mezon — jamoa manfaati va gʻalabaga boʻlgan intilishdir», — dedi viloyat hokimi.

Muloqotda jamoa atrofidagi turli mish-mish va muhokamalarga ham toʻxtalib, bor eʼtibor va kuchni mashgʻulotlarga, oʻyin intizomiga hamda maydonda natija koʻrsatishga qaratish zarurligi qayd etildi. Oʻzaro ishonch, ahillik va bir-birini qoʻllab-quvvatlash hal qiluvchi pallada jamoaning asosiy tayanchi boʻlishi lozimligi taʼkidlandi.

Bu yil chempionlik uchun qoʻyilgan maqsadga erishish yoʻlida beshta oʻyin qoldi. Endi har bir uchrashuv — final, har bir ochko — oltinga teng», — deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Elit OCHL doirasidagi “Traktor”ga (2:2) qarshi oʻyindan soʻng “Neftchi” bosh murabbiyi Islom Ismoilov va jamoa vingeri Alisher Odilov oʻrtasida mojaro yuzaga kelgan, keyinroq futbolchi vaziyatga izoh bergandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar