Live
4
O'zbek

Islom Ismoilov: «To‘g‘risi, hozir ichki his-tuyg‘ularim o‘zimda emas»

Futbol
2 noyabr, 14:12
    20
Ismoilov matbuot anjumanida quyidagilarni aytdi.
Islom Ismoilov: «To‘g‘risi, hozir ichki his-tuyg‘ularim o‘zimda emas»
Фото: Нефтчи ПФК
02.11.2026 FT Osiyo Chempionlar Ligasi Tractor Tractor 2 : 2 Neftchi Fargona Neftchi Fargona

OChL Elit musobaqasining navbatdagi turida «Neftchi» Omanda Eronning «Traktorsozi» klubiga qarshi bahs olib bordi.
O‘yin 2:2 hisobidagi durang natija bilan tugadi.

Holbuki, farg‘onaliklar yarim soatdan ortiq vaqt davomida raqibdan bir futbolchi ko‘p bo‘lib harakat qildilar va g‘alabaga juda yaqin kelishgandi. Lekin oxirgi daqiqadagi qo‘pol xato evaziga tayyor g‘alaba qo‘ldan chiqib ketdi.

Mana shunday alamli o‘yindan keyin «Neftchi»ning ustozi Islom Ismoilov matbuot anjumanida quyidagilarni aytdi:

- Ikki safardan beri oxirida alamli gollar o‘tkazib yuboryapmiz. Oxirida qilingan xato, umuman tushunarsiz holat bo‘ldi. Hayronman, o‘sha vaziyatda futbolchimiz kimga nimani ko‘rsatmoqchi bo‘ldi? Oddiy vaziyatda, o‘yin davom etyapti, yutib ketadigan o‘yinimizda gol o‘tkazib yuboryapmiz. Bugun ikki ochko yo‘qotdik.

- O‘yindan qoniqish hosil qilmagandek ko‘rinyapsiz...

- Albatta, o‘yindan umuman qoniqqanim yo‘q. Atyapman-ku, oddiy holatda ikki gol o‘tkazib yubordik. O‘yinni to‘liq nazorat qildik, ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratdik. Raqib o‘zining ikkita imkoniyatidan foydalanib ketdi. Bu juda og‘riqli, juda alamli holat. Chunki maydonda juda katta mehnat qilgandik. Futbolchilar katta hajmdagi ishni bajarishdi. Afsuski, arzimas xatoning hisobiga oxirgi daqiqada alamli golni o‘tkazib yubordik.

Umuman, bu natijaga loyiq emasdik. To‘g‘risi, hozir ichki his-tuyg‘ularim o‘zimda emas. Hozir o‘zimga sig‘mayapman. Murabbiy sifatida o‘zimni kechira olmaydigan vaziyat. Nimaga­ki, tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Bu achinarli va afsusli holat», - deya Islom Ismoilovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tractor Tractor
  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar