«Udineze» bosh murabbiy Kosta Runyaich bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Football Italia nashri xabar berishicha, uning o‘rniga Paolo Zanetti tayinlanishi kutilmoqda. Yangi murabbiy bilan shartnoma imzolash qolgan, xolos.
Germaniyalik mutaxassisni iste'foga chiqarish haqidagi qaror bir necha kunlik muhokamalardan so‘ng 2 noyabr kuni qabul qilingan. Runyaich jamoani g‘alabasiz o‘tkazilgan ketma-ket 8 ta o‘yindan keyin tark etmoqda.
«Udineze» bu mavsumda Italiya chempionatidagi yagona g‘alabasini 29 avgust kuni «Montsa»ga qarshi bahsda qo‘lga kiritgan edi.
Murabbiy uchun so‘nggi uchrashuv «Roma» klubiga qarshi o‘z maydonida o‘tkazilgan va 2:5 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan bahs bo‘ldi.
Hozirda jamoa A Seriya doirasida 10 ta o‘yindan so‘ng 5 ochko to‘plagan holda 17-o‘rinda bormoqda.
Paolo Zanetti esa fevral oyidan buyon ishsiz. U so‘nggi bor «Verona» jamoasini boshqargandi.