Xalqaro Professional Futbolchilar Assotsiatsiyalari Federatsiyasi (FIFPro) «Yil jamoasi»ga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatga 26 nafar futbolchi kiritilgan. Ro‘yxatda Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Tibo Kurtua ham o‘rin olgan.
FIFPro yil jamoasiga nomzodlar ro‘yxati:
Darvozabonlar: Tibo Kurtua («Real»), Emiliano Martines («Aston Villa»/»Chelsi»), David Raya («Arsenal»).
Himoyachilar: Pau Kubarsi («Barselona»), Mark Kukurelya («Chelsi»/»Real»), Virjil van Deyk («Liverpul»), Gabriel Magalyaes («Arsenal»), Ashraf Hakimi (PSJ), Nuno Mendesh (PSJ), Uilyam Saliba («Arsenal»), Dayo Upamekano («Bavariya»).
Yarimhimoyachilar: Jude Bellinghem («Real»), Bruno Fernandesh («Manchester Yunayted»), Enso Fernandes («Chelsi»/Manchester Siti), Pedri («Barselona»), Deklan Rays («Arsenal»), Rodri («Manchester Siti»/Barselona), Vitinya («PSJ»).
Hujumchilar: Erling Holand («Manchester Siti»), Harri Keyn («Bavariya»), Xvicha Kvaratsxeliya («PSJ»), Kilian Mbappe («Real»), Lionel Messi («Inter Mayami»), Maykl Olise («Bavariya»), Krishtianu Ronaldu («An-Nasr»), Lamin Yamal («Barselona»).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi