«Tottenhem» markaziy yarim himoyachisi Konor Gallaher jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Aston Villa», «Everton» va «Lids» jamoalari angliyalik 26 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Gallaher «taqachilar»da yaqin oylar ichida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasa, ketish variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor.
Bu mavsumda Konor barcha turnirlar doirasida 8 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol muallifiga aylandi. Futbolchining «Tottenhem» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 32 million yevroga baholamoqda.
Avvalroq De Zerbi Mudrikning qachon safga qaytishini ma’lum qilgandi.