«Barselona» vingeri Entoni Gordon jamoaning Chempionlar ligasida «PSJ» (2:4) va La Ligada «Real» (1:2) klublariga qarshi o‘yinlardagi mag‘lubiyatlari haqida fikr bildirdi.
«Ikkita mag‘lubiyat uchun mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishimiz kerak. Biz har qanday jamoani mag‘lub eta olamiz. «PSJ»ga qarshi bahsga raqibimizga qaraganda ko‘proq charchagan holda yetib keldik.
«Real» bilan o‘yinda esa, mening fikrimcha, biz yaxshiroq o‘ynadik va ko‘proq vaziyatlar yaratdik. Ammo o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni namoyish eta olmadik.
Raqib yuqori saviyali futbolchilari evaziga ikkita gol urdi. Umid qilamanki, har ikki jamoaga qarshi yana bir bor o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lamiz», — deya angliyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
«Har qanday jamoani mag‘lub eta olamiz» — Gordon «PSJ» va «Real» bilan o‘yinlar haqida
Futbol
2 noyabr, 10:10
«Barselona» vingeri ketma-ket ikki mag‘lubiyat sabablarini izohladi.
Foto: Getty Images