Live
4
O'zbek

Fermin «Barsa»ni tark etishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Futbol
2 noyabr, 07:32
23 yoshli yarimhimoyachiga «MYU» qiziqayotgani haqida xabar berilgandi.
Fermin «Barsa»ni tark etishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images

«Barselona» klubining hujumkor yarimhimoyachisi Fermin Lopes jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

Yaqinda Britaniya matbuotida «Manchester Yunayted» klubi kataloniyaliklarning 23 yoshli tarbiyalanuvchisiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

«Bunday xabarlarga e’tibor bermayman. «Barselona»da imkon qadar uzoqroq qolishni istayman va faoliyatimni aynan shu klubda yakunlashga umid qilaman»,
— dedi Fermin «Alaves»ga (6:1) qarshi Ispaniya chempionati o‘yinidan so‘ng.

Ushbu bahsda yarimhimoyachi 1 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U gol urgandan so‘ng «Barselona» emblemasini o‘pdi va keyin unga ishora qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar