Bugun
31
O'zbek

Fonseka «Lion»ni tark etib, «Sporting» bosh murabbiyiga aylanadi

Futbol
2 noyabr, 05:22
Portugaliya va Fransiya klublarida bosh murabbiylar o‘zgaradi.
Fonseka «Lion»ni tark etib, «Sporting» bosh murabbiyiga aylanadi
Foto: Getty Images

Paulu Fonseka «Sporting» klubining bosh murabbiyiga aylanadi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Lissabon klubi ayni vaqtda «Lion»ni boshqarayotgan portugaliyalik mutaxassisni tayinlash bo‘yicha kelishuvga erishgan. «Sporting»ning amaldagi bosh murabbiyi Rui Borjesh esa shu hafta o‘z lavozimini tark etadi.

L’Equipe nashri ta’kidlashicha, Fonseka ketgan taqdirda, «Lion» klubining ish haqi uchun ajratiladigan xarajatlari sezilarli darajada kamayadi.

Taxminlarga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis noyabr oyida milliy jamoalar ishtirokidagi o‘yinlar uchun belgilangan tanaffus paytida iste’foga chiqishi mumkin. Shuningdek, Fransiya klubining yangi bosh murabbiyi Tiago Motta bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • FC Lyon FC Lyon
  • Sporting CP Sporting CP
Bugungi yangiliklar