Bugun
31
O'zbek

«Liverpul» APLdagi dastlabki 5 ta uy uchrashuvida atigi 4 ta gol urdi

Futbol
2 noyabr, 03:20
Mersisaydliklar bu borada klub tarixidagi antirekordni takrorladi.
«Liverpul» APLdagi dastlabki 5 ta uy uchrashuvida atigi 4 ta gol urdi
Foto: This is Anfield
01.11.2026 FT Angliya Premer-ligasi Liverpul Liverpul 0 : 1 Arsenal Arsenal

APLning 10-turida «Liverpul» o‘z maydonida Londonning «Arsenal» klubiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdagi yagona golga Kay Havers mualliflik qildi.

Ushbu bahsda raqib darvozasini ishg‘ol qila olmagan mersisaydliklar mavsumning dastlabki beshta uy uchrashuvidan keyingi eng kam gollar ko‘rsatkichi bo‘yicha klub antirekordini takrorladi.

Jamoa bu o‘yinlarda atigi to‘rtta gol urdi. «Liverpul» bunday natijani avval 1913/1914 va 2012/2013-yilgi mavsumlarda ham qayd etgan.

Ma’lumot o‘rnida, mersisaydliklar keyingi turda «Kristal Pelas»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 8-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Ayni paytda Andoni Iraola shogirdlari 15 ochko bilan turnir jadvalining 5-pog‘onasini egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Arsenal Arsenal
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar