Bugun
31
O'zbek

Spaletti: «Futbolchilar gʻalabaga toʻliq loyiq edi»

Futbol
2 noyabr, 00:40
«Yuventus» bosh murabbiyi «Napoli»ga qarshi bahsdan soʻng oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Spaletti: «Futbolchilar gʻalabaga toʻliq loyiq edi»
Foto: Getty Images
01.11.2026 FT Italiya A seriyasi Yuventus Yuventus 2 : 0 Napoli Napoli

«Yuventus» bosh murabbiyi Luciano Spaletti A Seriyaning 10-turida «Napoli» ustidan qozonilgan (2:0) gʻalabadan keyin oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

«Bugungi gʻalabadagi barcha xizmatlar futbolchilarga tegishli. Ular oʻzlarini qoʻlga olishdi, kuch topib, oldinga intilishdi va ijobiy fikrlashga harakat qilishdi. Ikkinchi boʻlimda ayrim oʻzgarishlar kiritilganidan keyin rejalarimiz amalga oshdi.

Menimcha, yigitlar gʻalabaga toʻliq loyiq edi. Bu natija ularga oʻz imkoniyatlariga boʻlgan ishonchni qisman qaytardi. Biz esa ularni qoʻllab-quvvatlashimiz kerak.

Ayrim futbolchilar ishonchsizlik girdobiga tushib qolishadi va hatto eng oddiy harakatlarni bajarishda ham ikkilanishadi. Bir vaziyatdagi xato yoki qaror qabul qilishdagi ikkilanish boshqalarga ham taʼsir qiladi.

«Napoli» oʻyinni yaxshi boshladi. Biz ikki-uch marta himoyalanishga majbur boʻldik. Lekin uchrashuv davomida jamoamiz toʻgʻri qarorlar qabul qilish, oldinga harakatlanish va ijobiy fikrlash borasida yaxshi oʻynadi. Futbolchilar har qanday maqtovga loyiq.

Hozircha aniq oʻyin sxemamiz yoʻq. Bugun Makkennini almashtirishimga toʻgʻri keldi, Sarr esa yuqori harorat sabab maydonga tusha olmadi. Amalga oshirgan barcha almashtirishlarim majburiy boʻldi. Endi payshanba kuni yana oʻyinimiz bor», — dedi Spaletti.

Muxlislarning noroziligi haqida

«Biz shu ruhda davom etishimiz kerak. Bu vaziyatni yengib oʻtishimiz lozim, keyin muxlislar xohlagan gaplarini aytishlari mumkin. Hozir esa ikkinchi boʻlimda oʻzining haqiqiy qiyofasini koʻrsatgan tribunalar bilan birgalikda birlashib, kurashishimiz kerak.

Spaletti ishga yaramaydi, falon futbolchi foydasiz, hammani jamoadan ketkazish kerak deb aytish mumkin. Biroq hozir biz birlashishimiz zarur. Stadion yana bizning qalʼamizga aylanishi kerak.

Muxlislar bizning yonimizda boʻlishi juda muhim. Hatto ularni xursand qila olmasak ham bizni olqishlagan va qoʻllab-quvvatlagan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiramiz», — deya Spalettining soʻzlarini keltiradi DAZN.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Napoli Napoli
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar