«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi faoliyatidagi 937-golini urdi.
Argentinalik futbolchi MLS doirasidagi «Nyu-Inglend»ga qarshi bahsda (2:1) golli uzatma berib, jamoasiga g‘alaba keltirgan golni ham urdi.
39 yoshli Messi shu tariqa faoliyati davomidagi gollari sonini 937 taga yetkazdi. U klublar va Argentina milliy jamoasi safida 1184 ta uchrashuvda maydonga tushib, 428 ta assist ham amalga oshirgan.
Faoliyatidagi gollar soni bo‘yicha Krishtianu Ronaldu Messidan oldinda. «An-Nasr»ning 41 yoshli hujumchisi 1343 ta o‘yinda 985 ta gol urgan va 261 marta assist muallifi bo‘lgan.
Messi esa Ronaldudan 159 ta kam o‘yin o‘tkazgan holda, gollar farqini 48 tagacha qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.