«Arsenal» hujumchisi Kay Haverts Angliya Premyer-ligasining 9-turidan o‘rin olgan «Liverpul»ga (1:0) qarshi bahsda jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, 27 yoshli futbolchining APLdagi gollari soni 46 taga yetdi. Bu musobaqa tarixida nemis futbolchilari orasidagi eng yaxshi natijaga aylandi.
Haverts ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha «Manchester Siti»ning sobiq yarim himoyachisi Ilkay Gundo‘g‘anning rekordini yangiladi. Hozirda «Galatasaroy»da o‘ynayotgan futbolchining hisobida Premyer-ligada 45 ta gol bor edi.
Ma’lumot uchun, Kay bu mavsumda APLda 9 ta o‘yinda 3 bor to‘p kiritdi.
Haverts APLda eng ko‘p gol urgan germaniyalikka aylandi
Futbol
1 noyabr, 15:20
«Arsenal» hujumchisi bu borada Gundo‘g‘anning rekordini yangiladi.
Foto: Getty Images
01.11.2026
FT
Angliya Premer-ligasi
Liverpul
0
:
1
Arsenal