«Bavariya» vingeri Maykl Olise Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turidan o‘rin olgan «Atletiko»ga qarshi bahsda maydonga tushmasligi mumkin. Bu haqda L’Équipe nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fransiyalik futbolchi Bundesliganing 9-turida Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarshi kechgan (2:2) uchrashuvda o‘ng tizzasidan jarohat olgan.
Kecha, 1-noyabr kuni Olise Myunxen klubining mashg‘ulot bazasida davolanishni davom ettirdi. Uning tiklanish muddati hozircha ma’lum qilinmagan.
Bugun, 2-noyabr kuni esa vinger tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, myunxenliklar futbolchining jamoa bilan Madridga borishi va bo‘lajak uchrashuvda ishtirok eta olishini aniqlaydi.
Ma’lumot o‘rnida, 24 yoshli Olise ushbu mavsum Bundesliganing 8 ta uchrashuvida 6 ta gol va 3 ta assist, Chempionlar ligasining 2 ta bahsida esa 2 ta gol va 1 ta assist qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, «Atletiko» — «Bavariya» uchrashuvi 3-noyabrdan 4-noyabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.