Madridning «Atletiko» klubi La Liga 11-turida mehmonda «Levante» bilan bellashdi. Unda «matraschilar» 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
Opta ma’lumotlariga ko‘ra, «Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone ushbu g‘alabadan so‘ng tarixiy rekordni takrorladi.
Ma’lum bo‘lishicha, argentinalik mutaxassisning La Ligadagi g‘alabalari soni 344 tani tashkil etmoqda. Shuningdek, uning hisobida 123 ta durang va 98 ta mag‘lubiyat bor.
Bu borada Simeone Luis Aragonesni quvib yetdi. Simeone 344 g‘alabaga erishish uchun 565 ta o‘yin o‘ynagan, Aragon esa 756 ta o‘yinda buni amalga oshirgan.
«Atletiko» «Levante»ni yengib, 28 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamga aylandi. Jamoa keyingi tur uchrashuvini 8 noyabr kuni o‘z maydonida «Barselona»ga qarshi o‘tkazadi.