Live
13
O'zbek

«Barselona» himoyani kuchaytirish uchun asosiy maqsadini belgiladi

Futbol
31 oktabr, 07:40
Kataloniyaliklar markaziy himoyachi bilan birga qanot himoyachisini ham xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
«Barselona» himoyani kuchaytirish uchun asosiy maqsadini belgiladi
Foto: Getty Images
31.10.2026, 16:00 Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona - : - Deportivo Alaves Deportivo Alaves

«Barselona» qishki transfer oynasida himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun yangi futbolchilarni xarid qilishni rejalashtirmoqda. Kataloniyaliklar markaziy himoyachidan tashqari qanot himoyachisini ham tarkibga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» rahbariyati uchun qishki transfer oynasidagi asosiy vazifa tajribali markaziy himoyachini xarid qilish bo‘lib qolmoqda.

Jyul Kunde, Erik Garsiya va Andreas Kristensenning jarohatlari sabab bosh murabbiy Xans-Diter Flik ixtiyorida faqat Pau Kubarsi va Jerar Martin qolgan. Shu bois yarimhimoyachi Frenki de Yong ham markaziy himoyachi pozitsiyasida sinab ko‘rilmoqda.

Ma’lumot uchun, «Barselona» himoyadagi jarohatlar sabab ushbu pozitsiyada kadrlar tanqisligiga duch kelgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Deportivo Alaves Deportivo Alaves
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar