«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh Angliya Premyer-ligasining 9-turi doirasida «Chelsi»ga qarshi kechadigan bahs oldidan futbolchilar uchun alohida yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda indykaila News X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yarimhimoyachi yig‘ilishni 31-oktyabr kuni ertalab jamoa mehmonxonasida tashkil qilgan. Unda faqat futbolchilar ishtirok etgan.
Ma’lumot uchun, «Chelsi» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi bahs Londondagi «Stemford Bric» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 8-turdan keyin Maykl Kerrik boshqaruvidagi «Manchester Yunayted» yetti ochko bilan turnir jadvalining 16-o‘rnida bormoqda. Jamoa so‘nggi bor 30-avgust kuni 2-turda «Ipsvich Taun»ni 5:2 hisobida mag‘lub etgan.