«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik «Chelsi»ga qarshi bahsda jamoasi mag‘lub bo‘lgan taqdirda ham iste’foga chiqarilmaydi. Bu haqda The Touchline nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» rahbariyati hozircha mutaxassisni lavozimidan ozod qilishni rejalashtirmayapti. Klub rahbarlari xalqaro tanaffus boshlanishini kutib, shundan keyingina Kerrikning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilmoqchi.
Angliya Premyer-ligasining 9-turi doirasidagi «Chelsi» — «Manchester Yunayted» bahsi 31-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanadigan bellashuvda bosh hakamning dastlabki hushtagi yangraydi.
Ma’lumot uchun, «Chelsi» bahs oldidan Premyer-liga turnir jadvalida 5-o‘rinni, «Manchester Yunayted» esa 17-pog‘onani egallab turibdi.