«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso Angliya Premyer-ligasining 9-turi doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan jamoasining vazifalari haqida gapirdi. Mutaxassis shogirdlarini maydonda xarakter ko‘rsatishga va so‘nggi mag‘lubiyatlardan keyin g‘alabalarga qaytishga undadi.
«Bu katta va nihoyatda muhim bahs. Tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqtimiz juda kam bo‘ldi. Biroq so‘nggi uy o‘yinimizdan keyin g‘alabalarga qaytish va yana g‘alaba hissini tuyish juda muhim.
Vaziyatni va o‘z hissiyotlarimizni qat’iy nazorat qilishimiz, yuqori shiddatda harakat qilishimiz hamda raqibning kuchli jihatlarini zararsizlantirishimiz kerak.
«Yunayted» safida bir-biri bilan yaxshi hamkorlik qiladigan va kombinatsiyalar tashkil etadigan ko‘plab futbolchilar bor. Biz doimo hushyor bo‘lishimiz, dadil harakat qilishimiz, o‘ziga xos futbol va xarakter namoyish etishimiz lozim. Bunday bahsda birinchi golni urish ham juda katta ahamiyatga ega», — deya Alonsoning so‘zlarini keltiradi «Chelsi» rasmiy sayti.
«Chelsi» so‘nggi ikki bahsda «Tottenhem»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi, Angliya Liga kubogida esa «Liverpul» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida 5:6 hisobida yutqazdi.
Ma’lumot uchun, «Chelsi» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi bahs 31-oktyabr kuni Londondagi «Stemford Brij» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanadi.