Live
9
O'zbek

«Chelsi» va «MYU» o‘rtasidagi so‘nggi beshta bahs qanday yakunlangan?

Futbol
31 oktabr, 05:50
Jamoalar 31-oktyabr kuni Angliya chempionatining 9-turida yana o‘zaro to‘qnash keladi.
«Chelsi» va «MYU» o‘rtasidagi so‘nggi beshta bahs qanday yakunlangan?
Foto: Getty Images
31.10.2026, 08:30 Angliya Premer-ligasi Chelsi Chelsi - : - Manchester Yunayted Manchester Yunayted

Bugun, 31-oktyabr kuni Angliya Premyer-ligasining 9-turi doirasida «Chelsi» o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qiladi. Londondagi «Stemford Brij» stadionida bo‘lib o‘tadigan bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanadi.

Jamoalar o‘zaro so‘nggi beshta rasmiy bahsda quyidagi natijalarni qayd etgan:

  • APL, 33-tur, 2026-yil 18-aprel: «Chelsi» — «MYU» 0:1;
  • APL, 5-tur, 2025-yil 20-sentyabr: «MYU» — «Chelsi» 2:1;
  • APL, 37-tur, 2025-yil 16-may: «Chelsi» — «MYU» 1:0;
  • APL, 10-tur, 2024-yil 3-noyabr: «MYU» — «Chelsi» 1:1;
  • APL, 31-tur, 2024-yil 4-aprel: «Chelsi» — «MYU» 4:3.

So‘nggi beshta bahsda «Manchester Yunayted» ikki bor g‘alaba qozongan, «Chelsi» ham ikki marta raqibidan ustun kelgan. Yana bir bellashuv durang bilan yakunlangan.

Ma’lumot uchun, bugungi bahs Londondagi «Stemford Brij» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvni Piter Benks boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar