«Milan» klubi hujumchisi Gonsalu Ramush Portugaliya milliy jamoasining asosiy tarkibidan joy olishga haqli ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u jamoa sardori Krishtianu Ronaldu bilan birgalikda hujumda samarali o‘ynay olishiga ishonishini bildirdi.
«Portugaliya milliy jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushishni xohlayman. Agar kimdir dastlabki daqiqalardan o‘ynashga loyiq bo‘lsa, bu men ekanimni ochiq aytdim. Buni bosh murabbiy ham, butun mamlakatimiz ham aniq ko‘rib turibdi.
Biz Krishtianuning yuqori maqomini cheksiz hurmat qilamiz. Ammo menimcha, u bilan maydonga birgalikda ancha ko‘proq tushishimiz mumkin. Yaxshi sport formam va urgan gollarim Krishtianuni tarkibdan chiqarib tashlamasdan ham menga ishonch bildirilishi bilan taqdirlanishi mumkin edi.
Roberto Martinesdan xafa emasman. Ammo amalda Yevro-2024ni boy berdim. Gruziyaga qarshi hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmagan bahsda atigi 15 daqiqa o‘ynadim. 2026-yilgi jahon chempionatida Xorvatiya darvozasiga gol urdim, biroq shundan keyin deyarli maydonga tushmadim. Vaholanki, jamoaga katta foyda keltira olishimni bilaman. Men endi hech qachon qaytarib bo‘lmaydigan ikkita yirik turnirni qo‘ldan boy berdim», — deya Ramushning so‘zlarini A Bola nashri keltirmoqda.
Ma’lumot uchun, Ramush Portugaliya milliy jamoasi safida Yevro-2024 va 2026-yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan.