«Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasida bir nechta futbolchini xarid qilganiga qaramay, yarimhimoya chizig‘ini kuchaytirish ustida ishlashda davom etmoqda. Shu munosabat bilan mankunianliklar «Barselona» vakili Fermin Lopes va Madridning «Atletiko» klubi futbolchisi Pablo Barriosga qiziqish bildirdi. Bu haqda Metro jurnalist Matteo Morettoga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hozircha klublar o‘rtasida muzokaralar olib borilmayapti. «Barselona» va «Atletiko» o‘z futbolchilarini sotishni rejalashtirmayotgani aytilmoqda. Shu sababli «Manchester Yunayted» muqobil variantlarni izlashiga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Fermin Lopes ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 12 ta bahsda qatnashib, beshta gol urdi va to‘rtta golli uzatma amalga oshirdi. Pablo Barrios esa 10 ta o‘yinda bir gol va bitta assist qayd etdi.