«Milan» himoyachisi Fikayo Tomori jarohat sabab safdan chiqdi. Angliyalik futbolchi «Bolonya»ga qarshi bahsda (2:4) shikastlangan.
Jurnalist Janluka Di Marsioning rasmiy saytida xabar berilishicha, futbolchida son sohasi jarohati aniqlangan. Shu sababli 28 yoshli himoyachi kamida bir oy maydonga tusha olmasligi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Tomori ushbu mavsumda Italiya chempionatida uchta bahsda qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, «Milan» navbatdagi bahsini 31-oktyabr kuni «Inter»ga qarshi o‘tkazadi. Milan derbisi Toshkent vaqti bilan 1-noyabrga o‘tar kechasi soat 00:45 da boshlanadi.