«Inter» yarim himoyachisi Hoqon Chalqono‘g‘li kelasi yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, turkiyalik 32 yoshli futbolchiga «Yuventus» jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Uning «Inter» bilan shartnomasi 2027-yil yozida yakuniga yetadi. «Zebralar» transferni amalga oshirish bo‘yicha muayyan qadamlarni tashlamoqda.
Tomonlar o‘rtasidagi aniq muzokaralar qishki transfer oynasi davomida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Chalqono‘g‘li 2021-yil yozidan buyon «neradzurri» sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchining transfer qiymati 16 million yevroga baholanmoqda.
Bu mavsumda Hoqon «Inter» safida A Seriyasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol muallifiga aylandi.
Avvalroq «Galatasaroy» Chalqono‘g‘lini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.