Live
3
O'zbek

Anchelotti: «Alissonni yaxshi bilamiz. Uni sinab ko‘rishning hojati yo‘q»

Futbol
30 oktabr, 18:01
Braziliya ustozi tajribali kiperning nega milliy jamoaga chaqirilmaganiga izoh berdi.
Anchelotti: «Alissonni yaxshi bilamiz. Uni sinab ko‘rishning hojati yo‘q»
Фото: Getty Images

Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Liverpul» darvozaboni Alissonni noyabr oyidagi uchrashuvlarga taklif etmaslik qarorini izohladi.

«Pentakampeonlar» 14 noyabr kuni Yaponiya, 17 noyabr kuni esa Singapur milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

«Bizga Alissonni sinab ko‘rishning hojati yo‘q — uni shundoq ham juda yaxshi bilamiz. U eng yaxshi darvozabon. Amerika Kubogi boshlanganida u milliy jamoaga chaqiriladi. Hozir esa turli variantlarni sinab ko‘rish, tarkibni yangilash va yosh futbolchilarning o‘z imkoniyatlarini namoyon etishiga yordam berishimiz kerak», — deya Anchelottining so‘zlarini Anfield Sector nashri keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, Alisson 2015-yilda Braziliya milliy jamoasidagi debyutini o‘tkazgandi. Bu vaqt davomida u 83 ta uchrashuvda ishtirok etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
Bugungi yangiliklar