Live
3
O'zbek

«Barselona» Rafinyani Braziliya milliy jamoasiga qo‘yib yuborishni istamayapti

Futbol
28 oktabr, 07:40
    17
Anchelotti 29 oktyabr kuni noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan yig‘inga taklif qilingan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qiladi.
«Barselona» Rafinyani Braziliya milliy jamoasiga qo‘yib yuborishni istamayapti
Foto: Gettyimages

Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 29 oktyabr kuni noyabr oyidagi yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qilishi kutilmoqda.

Diario SPORT nashrining xabar berishicha, Anchelotti hujumchilar ro‘yxatiga «Barselona» vakili Rafinya Diasni ham kiritishni niyat qilgan. Futbolchi avvalgi xalqaro tanaffus vaqtida olgan jarohatidan yaqindagina tuzalib, safga qaytgan. Milliy jamoa ixtiyoriga yetib borish uchun, Rafinya qariyb 11 ming kilometr masofani bosib o‘tishi talab etiladi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Barselona» yana bir bor muhim futbolchisidan ayrilib qolishni istamayapti, shu sababli Braziliya futbol federatsiyasi bilan futbolchini klub qarorgohida qolib, sport formasini tiklashi uchun sharoit yaratib berish borasida kelishuvga erishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Braziliya milliy jamoasi Yaponiya (14 noyabr) va Singapurga qarshi (17 noyabr) ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

17 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar